23:30 / 10.03.2021
1 769

Hindistonda avtobus daraga quladi

Hindistonda avtobus daraga quladi
Foto: «Countryscanner.ru»
Hindistonda avtobus daraga qulab tushdi. Mahalliy NDTV telekanalining xabar berishicha, sakkiz nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan va yana 11 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Hodisa 10 mart kuni Tisa shahri yaqinidagi Ximachal-Pradesh tumanida yuz bergan. Shtat bosh vaziri Jayram Txakur mintaqaviy assambleyaning ertalabki yig‘ilishida voqea sabablarini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishni buyurganini ma’lum qildi.

Tisadagi avtohalokatda halok bo‘lganlar va yaradorlar haqidagi qayg‘uli xabarni eshitdim. Marhumlarning ruhiga osoyishtalik, oilalariga ushbu musibatni yengishlarida kuch-quvvat bersin, deb yozgan Txakur Twitterda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohat olganlar shoshilinch ravishda Chamba okrugi tibbiyot markaziga yotqizilgan. To‘rt kishi og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda avtobus daraga quladi