Xiaomi kompaniyasi global bozor uchun HyperOS 4 sinovlarini boshladi

Xiaomi kompaniyasi global bozor uchun HyperOS 4 sinovlarini boshladi

Xitoyning texnologiya giganti Xiaomi oʻzining soʻnggi operatsion tizimi — Android 17 bazasida yaratilgan HyperOS 4 platformasining global miqyosdagi yopiq sinovlarini rasman boshladi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, joriy yilning avgust oyi oʻrtalarida faqat Xitoy bozori uchun taqdim etilgan yangi dasturiy taʼminot endilikda xalqaro foydalanuvchilar uchun ham bosqichma-bosqich ochiqlanmoqda va bu dunyo boʻylab millionlab smartfon egalari eʼtiborini tortmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʼlum qilinishicha, global beta-testning birinchi bosqichida jami yettita rusumdagi mobil qurilmalar qatnashadi. Dastlabki sinov versiyasi allaqachon brendning eng ilgʻor flagmanlari boʻlgan uchta model uchun chiqarilgan boʻlib, qolgan toʻrtta qurilma egalari joriy yilning 17-sentabridan boshlab mazkur yangilanishni qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi.

Birinchi bosqichda sinovdan oʻtuvchi qurilmalar

Mazkur global beta-test bosqichiga quyidagi zamonaviy smartfonlar kiritilgan:

  • Xiaomi 17
  • Xiaomi 17 Ultra
  • Leica Leitzphone powered by Xiaomi
  • Xiaomi 17T
  • Xiaomi 17T Pro
  • Xiaomi 15 Ultra
  • Xiaomi 15
Yangi HyperOS 4 tizimi nafaqat tubdan yangilangan funksionalligi, balki tashqi koʻrinishidagi sezilarli oʻzgarishlari bilan ham ahamiyatlidir. Dasturiy taʼminot interfeysida Soft Light Glass deb nomlangan yangi vizual uslub joriy etilgan boʻlib, u foydalanuvchilarga yanada zamonaviy va yengil dizayn muhitini taqdim etadi.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar bosh ekranni shaxsiylashtirish va sozlash uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratishgan. Ilovalarning ishga tushish tezligi sezilarli darajada oshgani, umumiy tizim unumdorligi va interfeys ravonligi yaxshilangani ham alohida taʼkidlangan.

Sunʼiy intellekt va kamera imkoniyatlari

Yangi operatsion tizim doirasida sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalar ham sezilarli darajada rivojlantirilmoqda. Bu foydalanuvchilarning kundalik vazifalarini avtomatlashtirish va qurilma bilan ishlash jarayonini yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, multimedia imkoniyatlari, jumladan, videolarni ijro etish sifati ham yangi bosqichga koʻtarilgan.

Kamera ilovasi ham jiddiy optimizatsiyadan oʻtgan. Xususan, HDR algoritmi qayta ishlab chiqilib, uning ishlash tezligi oshirildi, kamera ilovasining oʻzi esa foydalanuvchi harakatlariga ancha tezkor va kechikishlarsiz reaksiya bildiradigan boʻldi.

Qayd etilishicha, ushbu sinovlarda qatnashishni istagan foydalanuvchilar Xiaomi Community ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin. Shu bilan birga, kompaniya muhim cheklov haqida ogohlantirmoqda: OTA orqali HyperOS 4 Beta oʻrnatilgandan soʻng avvalgi versiyaga oddiy usul bilan qaytib boʻlmaydi. Tizimni orqaga qaytarish uchun yuklovchi (zakrutchik) yordamida toʻliq qayta proshivka qilish talab etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar