10:00 / 12.03.2021
1 557

AQSHda mehmonxonalar tarmog‘i bitkoinlarni qabul qilishni boshlaydi

AQSHda mehmonxonalar tarmog‘i bitkoinlarni qabul qilishni boshlaydi
Foto: Google Images
AQSHning Orlando shahridagi mehmonxonalar tarmog‘i BitPay bilan to‘lov shakli sifatida kriptovalyutani birinchi bo‘lib qabul qilish uchun hamkorlik shartnomasini tuzdi. Bu haqda Travel Pulse xabar berdi.

Kessler Collection’ning sakkizta mehmonxonasi bitkoin, Ethereum, Dogecoin va yana bir nechta barqaror kriptovalyutalarni qabul qiladi.

Mehmonxonalar tarmog‘i raisi va bosh direktori Richard Kesslerning so‘zlariga ko‘ra, kriptovalyuta bilan to‘lash hozirgi vaqtda turizm sohasidagi eng innovatsion konsepsiyalardan biri hisoblanadi. Bunday holda barcha tomonlar foyda ko‘radi: sayohatchilar muqobil to‘lov usuliga ega bo‘ladi, mehmonxonalar kriptovalyutadagi to‘lovlarga bo‘lgan talabni qondira oladi, raqamli valyutaning o‘zi esa yanada ommalashadi va ko‘proq tarqaladi.

BitPay’ning tijoriy direktori Sonni Singhning ta’kidlashicha, kriptovalyuta xalqaro sayohatchilarga to‘lovlarni soddalashtirishga yordam beradi: sayohatchilar uchun kredit kartalaridan ko‘ra bitkoinlardan foydalanish qulayroq.

Ma’lumot uchun, sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Tailand hukumati kriptovalyuta egalarini sayohatga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda qirollik kriptovalyutada to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida mahalliy korxonalar va turizm agentliklari bilan ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda mehmonxonalar tarmog‘i bitkoinlarni qabul qilishni boshlaydi