
Xitoyning Sinopharm vaksinasi bilan emlangan Pokiston bosh vaziri Imron Xonda koronavirus aniqlandi. Bu haqda bosh vazirning milliy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Faysal Sulton o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, bosh vazirning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan va u o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimiga o‘tgan.
Pokiston bosh vaziri 18 mart kuni Sinopharm vaksinasi bilan emlangandi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, vaksina birdaniga ta’sir ko‘rsatmaydi — immunitet emlashdan bir necha hafta o‘tgach paydo bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar