12:33 / 26.03.2021
2 363

Seyshel orollari sayyohlar uchun ochildi

Seyshel orollari sayyohlar uchun ochildi
Seyshel orollari. Foto: «360Travel.ru»
Seyshel orollari hukumati 25 mart kuni karantin va vaksinatsiya sertifikati talab qilishni bekor qilib, chet ellik sayyohlar uchun chegaralarni ochdi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Avvalroq Seyshel orollarining tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegonde sayyohlar kelishining yangi tartibida davlatga kirish oldidan koronavirusga qarshi faqat PZR-test talab etilishini aytgan edi. U sertifikatlangan laboratoriyadan uchib kelishdan ko‘pi bilan 72 soat oldin olinishi kerak. Hujjat ingliz tilida, asl nusxadagi muhr bilan qog‘oz ko‘rinishida bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, sayyohlar Seyshel orollarining sog‘liqni saqlash va turizm departamentlaridan majburiy tibbiy ruxsatnoma olish uchun seychelles.govtas.com saytiga ariza berishi kerak.

Ariza topshirish pulli: kattalar uchun 45 yevro, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun besh yevro. Saytga pasport ma’lumotlari, reys, yashash joyi, koronavirus testi natijalari va tibbiy sug‘urta kiritiladi. Arizani ko‘rib chiqish vaqti olti soatdan oshmaydi.

Avvalroq Seyshel orollarining turizm bo‘yicha bosh kotibi Ann Lafortyun ta’kidlaganidek, sayyohlar 538 ta sertifikatlangan mehmonxonalarning istalganidan xona band qilishi mumkin, shuningdek, ijtimoiy masofa va niqob taqish tartibiga amal qilish lozim.

Avvalroq Sayyohlar uchun to‘liq ochiq bo‘lgan mamlakatlar nomi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, hozir dunyoda xorijiy sayyohlar uchun koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarsiz faqat beshta mamlakat mavjud. Shuningdek, 69 ta mamlakat avvalgidek kirish uchun yopiq. Ushbu ma’lumot Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tomonidan berilgan hisobotda e’lon qilindi.

Shuningdek, Turkiyada «xavfsiz turizm dasturi» doirasida turizm xodimlarini koronavirusga qarshi rejadan tashqari bepul emlash boshlandi.

«Xavfsiz turizm dasturi» yaqinlashib kelayotgan sayyohlik mavsumida chet ellik sayyohlarni kutib olish hamda soha vakillari va tub aholining salomatligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Seyshel orollari sayyohlar uchun ochildi