Qirg‘izistonda daryoga cho‘kkan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Qirg‘izistonda daryoga cho‘kkan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Qirg‘izistonning Toqtogul tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi fojia bilan yakunlandi. Avtomobilning Chichqon daryosiga tushib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 22 iyun kuni yuz bergan. Avtomobil ichida jami to‘rt nafar — uch erkak va bir nafar 45 yoshli ayol bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar erkak suvdan mustaqil ravishda chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ayolni daryoning kuchli oqimi oqizib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari bir necha kun davom etgan. Oradan to‘rt kun o‘tib, qutqaruvchilar ayolning jasadini topib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga topshirgan.

Ayni paytda hodisaning barcha holatlari va avtomobilning daryoga qanday tushib ketgani yuzasidan tegishli idoralar tomonidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar