Qozog‘istonliklar ham Qirg‘iziston daryosida oqib ketgan 6 yoshli bolani qidirishga kirishishdi

Qirg‘izistonda tog‘ daryosining kuchli oqimi olib ketgan 6 yoshli bolani qidirish ishlariga Qozog‘istondan kelgan qutqaruvchilar va ko‘ngillilar ham qo‘shildi. Bir necha kundan buyon yuzlab insonlar bolani tirik topish umidida qidiruvni davom ettirmoqda.
Fojia 23 iyun kuni sodir bo‘lgan. Ikki oila bo‘lgan yengil avtomobil tog‘ daryosiga qulab tushgan. Ikki ayol va uch bola qutqarilgan, biroq 12 yoshli qiz hamda 6 yoshli bolani suv oqimi olib ketgan.
Keyinchalik qizaloqning jasadi topilgan. Hozirda qutqaruvchilar daryo sohili bo‘ylab bir necha kilometr hududni tekshirib, qidiruv maydonini yanada kengaytirmoqda.
Bolaning taqdiri haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…