Florida tarixiga kirgan qatl: eng keksa mahkum qatl etildi!

Florida tarixiga kirgan qatl: eng keksa mahkum qatl etildi!

AQSHning Florida shtatida 74 yoshli Dasti Rey Spenserga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi. Shu tariqa, u shtat tarixida qatl qilingan eng keksa mahkumga aylandi.

Spenser 1992 yilda rafiqasi Karen Spenserni pichoqlab o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan edi. Unga nisbatan chiqarilgan hukm 25 iyun kuni Florida shtati qamoqxonasida o‘lim in’eksiyasi orqali amalga oshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Floridada joriy yilning o‘zida to‘qqiz nafar mahkumga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgan.

Shuningdek, kelasi oy yana bir 74 yoshli mahkum — Dennis Sochorni ham qatl etish rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar