“Qo‘shma Shtatlar eshiklari boshpana so‘rovchilar uchun butunlay yopiq” - Stiven Miller

AQSH Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatiga Gaiti va Suriyadagi zo‘ravonliklar hamda tabiiy ofatlardan qochib kelgan migrantlar uchun vaqtinchalik himoya dasturlarini to‘xtatishga ruxsat berdi.
Sud qarori olti ovozga qarshi uch ovoz bilan qabul qilindi. Bu esa yuz minglab odamni AQSHdan deportatsiya qilinish xavfi ostida qoldirishi mumkin.
“Qo‘shma Shtatlar eshiklari boshpana so‘rovchilar uchun butunlay yopiq”, — dedi AQSH prezidentining ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiven Miller.
Endilikda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi ayrim migrantlarga avval berilgan vaqtinchalik himoya maqomini bekor qilishi mumkin.
Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, bunday dasturlar hozirda 17 davlatdan kelgan taxminan 1,3 million kishini himoya qiladi.
Shuningdek, Oliy sud AQSH–Meksika chegarasida boshpana so‘rayotgan migrantlarni ortga qaytarish amaliyotini tiklashga ham ruxsat bergan.































Izohlar 0
…