23:03 / 28.03.2021
2 783

Rossiyalik sapyorlar 400 kg portlovchi modda yordamida muzni portlatdi (video)

Rossiyalik sapyorlar 400 kg portlovchi modda yordamida muzni portlatdi (video)
Kadr: YouTube
Chelyabinsk viloyatida Markaziy harbiy okrug sapyorlari Sim daryosidagi muzni portlatdi. Portlash jarayoni tasirlangan video Rossiya Mudofaa vazirligining YouTube’dagi kanaliga joylangan.

Video ostidagi izohda yozilishicha, portlatish ishlari daryoning muzlar tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan hududida amalga oshirilgan. Bu kabi amallar Achinsk shaharchasini suv bosmasligiga yordam beradi. Hozirda ushbu hududda 30 mingga yaqin fuqaro istiqomat qilib keladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrugda injener razvedka ishlari, muz tiqilishlarini bartaraf etish, ko‘priklar va gidrotexnik inshootlarni himoyalash, suv toshqinlarida odamlarni qutqarishga 30 dan ortiq muhandis-sapyorlar jamoasi tayyorlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik sapyorlar 400 kg portlovchi modda yordamida muzni portlatdi (video)