Foto: «Mexico News Daily»
Meksikada Partido Encuentro Social partiyasidan deputatlikka nomzod Karlos Mayorga sahnalashtirilgan dafn marosimidan so‘ng Syudad-Xuares shahridagi saylovchilarga murojaat qildi, deb yozadi «Mexico News Daily».
Internetda e’lon qilingan kadrlarda siyosatchi yotgan tobut mahalliy aholi bilan uchrashadigan joyga katafalkda olib kelinganligi namoyish etilgan. Maxsus kiyimdagi erkaklar tobutni mashinadan olib, stol ustiga qo‘yishdi. Hamma jim turgan paytda Mayorga tobutdan chiqib, kiyimlarini to‘g‘riladi va tabassum ila oldindan tayyorlab qo‘ygan nutqini boshladi.
Siyosatchi amaldagi hukumatni «jinoyatchilik keng avj olishi va koronavirus inqiroziga befarqlik» uchun tanqid qildi.
«Men Karlos Mayorga, va Meksika, Chixuaxua shtati, Syudad-Xuaresda siyosatchilarning befarqligi tufayli vafot etgan 1,5 million aholidan biriman», — dedi u.
Maqolada aniqlik kiritilishicha, nomzod mazkur aksiyasi bilan hukumatning befarqligi tufayli vafot etganlarga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, Mayorga hukumat odamlar turmush darajasi haqida qayg‘urmayotganidan, uyushgan jinoyatchilikka xohlagan ishini qilishiga ruxsat berayotganidan arz qilgan.
[media=https://twitter.com/Vicente_Galvez/status/1379501390985318403?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1379501390985318403%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.xabar.uz%2Fxorij%2Ftobutdan-chiqib-nutq-sozlagan-siyosatchi] “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)