07:43 / 11.04.2021
3 240

Hamma gap tabiiylikda: Arab qizlari jozibasining siri nimada?

Hamma gap tabiiylikda: Arab qizlari jozibasining siri nimada?
Foto: Getty Images
Arab qizlarining naqadar go‘zalligi tillarda doston. Sochlarining qalin va qora ekani, kiprik hamda qoshlari bilan o‘ziga jalb qiladigan husn egalarining go‘zalligi ularning tabiiy vositalardan muntazam ravishda foydalanishi va zamonaviy kosmetikalarga mukkasidan ketmaganida.

Soch parvarishi
Arab qizlarining yaltirab turadigan qalin sochlarining siri muntazam ravishda tabiiy niqoblardan foydalanishida. Sharq go‘zallari sochlarini yuvishdan avval bosh terisiga qatiq yoki nordon sut surtib qo‘yadi. Nordon sut mahsulotlari sochlarni tezda qayta tiklab, qalin va yaltiroq qilib ko‘rsatadi.

Soch bo‘yoqlari
Zamonaviy bo‘yoqlarni tan olmaydigan arab ayollari sochlarini tabiiy xinada bo‘yashni afzal biladi. Unga basma qo‘shilganda esa soch tim qora bo‘ladi. Rangsiz xina esa sochni mustahkamlovchi niqob o‘rnini bosadi.

Qora ko‘zlar
Abaya kiyganda faqat ko‘zlar ko‘rinib turgani uchun ham arabistonlik xotin-qizlar bo‘yoqlar bilan unga urg‘u berishni ma’qul biladi. Qora strelkalar surtish uchun surmadan foydalanadi. Bezashdan tashqari surma, qosh va kipriklarni mustahkamlab, ularni yorqinroq ko‘rsatadi.

Qosh va kipriklar
Arab qizlari bolaligidanoq tabiiy o‘sma yog‘ini qosh va kipriklariga surtgani sabab ham chiroyli ko‘rinadi. O‘sma qosh va kipriklarni o‘stirib, qalin va o‘ziga xos ko‘rsatadi.

Yuz parvarishi
Yuz terisini tozalash uchun tabiiy tonik — pushti suvdan foydalaniladi. Mitselyar suv o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan vosita teridagi yallig‘lanish va qizarishlarni oldini oladi. Qolaversa, yevropaliklardan farqli o‘laroq, arab qizlari terisini oqartirishni afzal biladi va buning uchun tabiiy oqartiruvchi limon kislotasidan foydalanadi. Po‘stlog‘ini esa skrab sifatida ishlatadi. Yuz niqoblarini ham tabiiy mahsulotlardan tayyorlanganini ma’qul biladi. Zarchavadan tayyorlangan niqob eng yaxshi hisoblanadi. Buning uchun zarchava, un, sut va pushti suv 2 osh qoshiqdan qo‘shib aralashtiriladi. Bo‘tqa holiga kelgan aralashma yuzga surtilganidan 20 daqiqa o‘tib yuvib tashlanadi.

Teri parvarishi
Hammomdagi bug‘lar salomatlik uchun muhim ekanini arab ayollari yaxshi biladi. Bug‘ ta’sirida poralardan kirlar chiqib ketgani hisobiga teri tiniq va tarang bo‘lib qoladi. Shu bilan birga ular qahvadan tayyorlangan skrablarni ham ishlatishni kanda qilmaydi.

Atir
Hatto Arabistondagi eng o‘ziga to‘q ayollar ham haligacha efir yog‘idan tayyorlanadigan tabiiy iforlardan foydalanadi. Vanil, jasmin va atirgul eng yaxshi ifor manbalari hisoblanadi. Atirlarning barchasi yog‘ asosida spirt qo‘shmasdan tayyorlangani sabab ham uzoq vaqtgacha ifori kelib turadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Hamma gap tabiiylikda: Arab qizlari jozibasining siri nimada?