19:09 / 12.04.2021
2 990

Tojikistonda ayol militsiyachilar uchun adras va atlasdan tikilgan forma taqdim etildi

Tojikistonda ayol militsiyachilar uchun adras va atlasdan tikilgan forma taqdim etildi
Foto: «Asia-Plus»
Tojikistonda ichki ishlar vazirligida faoliyat yuritadigan xotin-qizlar uchun atlas va adrasdan tikilgan liboslar taqdim qilindi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar bergan, deb yozadi «Asia-Plus».

Ma’lum qilinishicha, tojikistonlik dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan forma, Emomali Rahmonga uning mamlakat shimoliga qilgan safari davomida ko‘rsatilgan. Prezident 2021 yilning 7 aprelida Guliston shahridagi IIVga qarashli o‘quv markazini ochib berish uchun tashrif buyurgan.

Foto: «Asia-Plus»
Qayd qilinishicha, belgilangan qoidalarga muvofiq kuchishlatar organlari xodimlarining formasi namunalari va unga kiritiladigan o‘zgarishlar mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlanishi kerak. Forma namunalari prezident tomonidan tasdiqlansagina, ularni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda ayol militsiyachilar uchun adras va atlasdan tikilgan forma taqdim etildi