Foto: «Asia-Plus»
Tojikistonda ichki ishlar vazirligida faoliyat yuritadigan xotin-qizlar uchun atlas va adrasdan tikilgan liboslar taqdim qilindi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar bergan, deb yozadi «Asia-Plus».
Ma’lum qilinishicha, tojikistonlik dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan forma, Emomali Rahmonga uning mamlakat shimoliga qilgan safari davomida ko‘rsatilgan. Prezident 2021 yilning 7 aprelida Guliston shahridagi IIVga qarashli o‘quv markazini ochib berish uchun tashrif buyurgan.
Foto: «Asia-Plus»
Qayd qilinishicha, belgilangan qoidalarga muvofiq kuchishlatar organlari xodimlarining formasi namunalari va unga kiritiladigan o‘zgarishlar mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlanishi kerak. Forma namunalari prezident tomonidan tasdiqlansagina, ularni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”