date

Dunyodagi eng kuchli quyosh elektrostansiyasi AQShda ishga tushirildi

Foto: hitech.vesti.ru

Dunyoda neft va gaz manbalari borgan sari kamayib ketmoqda, havoning ifloslanishi darajasi esa borgan sari o‘sib bormoqda. Bu holat insoniyatni muqobil energiya manbalarini faolroq qidirishga undayapti, deb yozadi Kun.uz. Bu borada dunyodagi eng kuchli 550 megavatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh elektrstansiyasining ishga tushirilishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yangi elektrstansiya "Topaz Solar Farm" deb nomlanib, AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan. Bu stansiyaning quyosh nurlarini yutuvchi plastinalari 25 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Taqqoslash uchun, Rossiyadagi Beloyar atom elektrstansiyasi biroz ko‘proq - 600 megavatt, eng kuchli quyosh elektrstansiyasi esa bor-yo‘g‘i 5 megavatt energiya ishlab chiqaradi.

"Topaz" hududdagi 160 mingdan ortiqroq xonadon va ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Qurilishning narxi 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Biroq u dunyoda etakchilikni ko‘p saqlay olmaydi. Keyingi yilning o‘rtalariga AQShda bu loyiha doirasida yana bitta undan kuchliroq bo‘lgan elektrstansiya ishga tushiriladi.

"Topaz" ning ishga tushirilishi atmosferaga yiliga eng kamida 380 ming tonna karbonat angidrid gazi chiqishining qisqarishiga hamda natijada global isib ketish jarayonining sekinlashishiga va hududdagi ekologiyaning yaxshilanishiga imkon beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng kuchli quyosh elektrostansiyasi AQShda ishga tushirildi