16:13 / 13.04.2021
1 086

Ispaniyada ochiq havoda dars o‘tishga mo‘ljallangan plyaj maktabi ochildi

Ispaniyada ochiq havoda dars o‘tishga mo‘ljallangan plyaj maktabi ochildi
Foto: Glamour
Ispaniyaning Mursiya avtonom hududidagi maktablardan biri darslarni Los-Netos plyajida o‘tkazishni boshladi, deb xabar beradi Glamour.

Plyaj maktab bolalar bor makonlarda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan Fresh Air loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Maktab partalari va doskalari qum ustiga o‘rnatilgan, ko‘plab bolalar esa yalangoyoq holda o‘tiribdi.

«Bu xavfsiz, shuningdek, ochiq havoda dars o‘tish bolalarga juda yoqadi. O‘tgan darslarning birida mahalliy baliqchilar baliq tutishni ko‘rsatib berdi», — deydi ingliz tili o‘qituvchisi Xuan Fransisko Martines.

Plyaj maktabi ertalab soat 08:00 larda ochiladi. Bunga qadar esa o‘qituvchilar dars o‘tiladigan joylarni bo‘lib oladi, parta va doskalarni joylashtiradi. Darslar davomiyligi 20 daqiqani tashkil etadi. Plyaj maktabida 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar tahsil olmoqda. Hozirga qadar koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada ochiq havoda dars o‘tishga mo‘ljallangan plyaj maktabi ochildi