22:54 / 13.04.2021
2 720

Butun dunyo Ramazonga tayyorlandi

Butun dunyo Ramazonga tayyorlandi
El Destur yangiliklariga ko‘ra, Ramazon oyi arafasida Misrning turli shaharlari nur va quvonchga to‘ldi va mamlakat musulmonlari bu oyni o‘zgacha holatda kutib olishga tayyorgarlik ko‘rishdi.

Canadanews24 xabariga ko‘ra, Kanadaning Monreal va Laval shaharlaridagi musulmonlar Ramazon oyida butun dunyo musulmonlari bilan bir vaqtda ro‘za tutishadi. Ammo koronavirus sababli bu yil musulmonlarning masjidlarga tashrif buyurishi qoidalar asosida tartibga solinadi.

Kanada hukumati bu yil Ramazon oyida soat 20:00dan boshlab transport vositalarining harakatini chekladi va musulmonlarni taroveh namozi uchun masjidlarga borishga ruxsat bermadi. Shu sababli mamlakatdagi musulmon diniy rahbarlari barchaga sabrli bo‘lishni maslahat berishdi.

Rossiyaning Al Youm yangiliklar kanali bu yil Iordaniyada Ramazon oyi haqida ma’lumot beradi. Koronavirus keng tarqalgani tufayli Iordaniya hukumati Ramazon oyida bo‘ladigan marosimlarga cheklovlar qo‘ydi.

Shuningdek, Ramazon oyida masjidlarda shom va bomdod namozlarini o‘qishga ruxsat beriladi. Boshqa qo‘shni davlatlarda bo‘lgani kabi, ushbu mamlakat masjidlarida ham taroveh namozini o‘qish taqiqlangan.

El Mayadin TV xabariga ko‘ra, mintaqadagi ko‘plab mamlakatlar Ramazonning birinchi sanasi seshanba kuni deb e’lon qilishdi.

Jumladan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Falastin, Misr, Ummon, Livan, Tunis va Iroqning sunniylar jamg‘armasi kengashi, Indoneziya, Turkiya, Marokash hamda Mavritaniya Ramazonning birinchi kunini seshanba deb e’lon qildi.

Xurshid Ma’ruf tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Butun dunyo Ramazonga tayyorlandi