
Hindiston Oliy sudi Qur’oni karimdan 26 oyatni olib tashlash haqidagi talabga rad javobini berdi. The Print nashrining yozishicha, bunday talab bilan sudga shia tashkilotlaridan birining sobiq rahbari va kinoprodyuser Vasim Rizvi murojaat qilgan.
Uning fikricha, Qur’ondagi ayrim oyatlar nomusulmonlarga dushmanlik va zo‘ravonlikka chaqiradi, shuning uchun ularni o‘chirib tashlash zarur.
Hindiston Oliy sudi esa Vasim Rizvining talabini “mutlaqo kaltabinlik” deb atab, kinoprodyuserning da’vosini rad etdi va mas’uliyatsizlarcha harakati uchun uni 50 ming rupiy jarimaga tortdi. Sud muqaddas kitoblarni tahrirlash yoki talqin qilish uning vakolatiga kirmasligini ta’kidladi.
Xabarda aytilishicha, Vasim Rizvi Qur’ondan ayrim oyatlarni olib tashlashni talab qilish orqali mashhurlikka intilmoqchi bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar