23:00 / 21.04.2021
1 403

Vashington AQSHning 51-shtati tashkil etilishini ma’qulladi

Vashington AQSHning 51-shtati tashkil etilishini ma’qulladi

Foto: Unsplash
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kolumbiya federal okrugining 51-shtatga aylanishini rasman ma’qulladi. Bu haqda The Washington Times xabar berdi.

Vakillar palatasi shu haftada okrugning palatada bir nafar vakilga, senatda esa ikki nafar senatorga ega bo‘lishini ko‘rib chiquvchi qonunchilik uchun ovoz berishi kerak.

«Juda uzoq vaqt davomida Vashington, Kolumbiya okrugining 700 mingdan ortiq aholisi AQSH Kongressidagi to‘liq vakolatidan mahrum qilinib kelayotgan edi», — deyiladi Budjet va ma’muriy siyosat boshqarmasining xabarida.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda Vakillar palatasi Kolumbiya okrugini 51-shtatga aylantirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgan edi, lekin u keyinchalik respublikachilar boshqaruvida bo‘lgan Senat tomonidan rad etildi.

Respublikachilar partiyasining vakillari bunday o‘zgarishga qarshi chiqmoqda, chunki ular buni shunchaki demokratlarning Kongressdagi vakolatlarini oshirishga bo‘lgan urinishi deb hisoblaydi.

Bugungi kunda Kolumbiya okrugida Vermont va Vayoming shtatlariga qaraganda ko‘proq aholi istiqomat qiladi va shu bilan birga, uning aholisi 22 ta shtatdan ko‘ra ko‘proq federal soliqlarini to‘laydi. Ushbu okrug Vashington shahri bilan birgalikda, Amerika poytaxtining hech bir shtatga bo‘ysunmasligi uchun tashkil etilgan.

Bungacha AQSHda yangi shtatlar 1959 yilda tashkil etilib, Alyaska 49, Gavayi 50-shtatga aylangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Vashington AQSHning 51-shtati tashkil etilishini ma’qulladi