
Rossiya Yevropa Ittifoqining 8 fuqarosi, jumladan, Yevroparlament raisi David Mariya Sassolini «qora ro‘yxat»ga kiritib, ularga Rossiyaga kirishni taqiqlab qo‘ydi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlar YEI kengashi tomonidan 2 va 22 mart kunlari 6 nafar rossiyalik fuqaroga qarshi qo‘llangan taqiqlarga javoban kiritildi.
Rossiyaga kirishi taqiqlanganlar ro‘yxatiga Sassolidan tashqari quyidagi shaxslar tushgan:
- Yevrokomissiya raisining qadriyatlar va ochiq-oydinlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vera Yurova;
- Latviyaning Elektron OAV bo‘yicha milliy kengashi raisi Ivars Abolinsh;
- Latviyaning Davlat tili markazi direktori Maris Baltinsh;
- Fransiyaning Yevropa kengashi parlament assambleyasidagi delegatsiyasi a’zosi Jak Mer;
- Berlin prokuraturasi boshlig‘i Yorg Raupax;
- Shvetsiya qirolligi Total mudofaa tadqiqot institutining kimyoviy, biologik, radiatsion va yadro xavfsizligi laboratoriyasi rahbari Osa Skott;
- Estoniyaning Til departamenti rahbari Ilmar Tomusk.
«Yevropa Ittifoqining bunday xatti-harakatlari ularning asl maqsadi davlatimiz taraqqiyotini har qanday yo‘l bilan to‘xtatish ekaniga shubha qoldirmaydi. Bu Yevropani yana o‘tkir geosiyosiy qarama-qarshilik maydoniga aylantirishdan manfaatdorligini yashirmayotgan AQSH rahnamoligida ochiqchasiga va ataylab qilinmoqda», deb ta’kidlab o‘tgan Rossiya tomoni.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar