51 yoshli Erik Yuan Daily Mail nashriga bergan intervyusida o‘zi asos solgan Zoom dasturidan charchagani, kun davomida bir nechta videokonferensiyadan keyin kechga borib boshi og‘rishini ta’kidlagan.
Foto: Getty Images
«O‘tgan yili bir kunda 19 ta videouchrashuvda ishtirok etishimga to‘g‘ri keldi. Men bundan shunchalar charchadimki, odamlar bilan boshqa videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qilishni istamayman», — degan u.
Qanchalik g‘alati tuyilmasin, uydan turib qulay ishlash va videoqo‘ng‘iroq orqali majlislar o‘tkazish uchun Zoom’ga asos solgan Erik qo‘l ostidagi ishchilarini ofisdan ishlashga chaqirgan. U barcha kompaniyalar hozircha masofadan ishlashga to‘liq o‘ta olmasligini tushunib yetgan.
Foto: Getty Images
Kompyuter qarshisida ko‘p vaqt sarflash, hamkasblar bilan jonli muloqotda bo‘lmaslik, shuningdek, ortiqcha ishlash salbiy oqibatlar, hatto kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bundan tashqari, ishchilar masofadan turib ishlash paytida ish beruvchi muayyan ishni bir necha baravar kam maosh evaziga bajaradigan osiyolik mutaxassisni topishi mumkin ekanidan hadiksiraydi.
Google, Twitter, Amazon va kelajak masofadan ishlash bilan bog‘liq ekani haqida bong urib gapirgan boshqa kompaniyalar kovorkinglar ochib, ishchilarni ofisdan ishlashga taklif qila boshlagan. Hatto shunday yirik kompaniyalar ham jonli muloqotsiz odamlarga, ayniqsa o‘qish va karera borasida o‘sish juda ham qiyin ekanini tushunib yetgan.
So‘nggi yilda masofadan turib ta’lim olgan bolalarning aksariyati bu juda ham qiyin ekani va yil davomida deyarli hech nima o‘rganmaganini ta’kidlagan. Sinf xonasi, ofis va universitetda bo‘lganda, muammolarni joyida hal qilish yoki aniqlashtirish mumkin bo‘ladi, onlayn muloqot vaqtida esa bu tushunarsiz va murakkabroq bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi