11:57 / 16.05.2021
971

Islandiyada faol vulqon joylashgan yer sotuvga qo‘yildi

Islandiyada faol vulqon joylashgan yer sotuvga qo‘yildi

Foto: pixabay.com
Islandiyada Fagradalsfyadl vulqoni joylashgan yerga egalik qiluvchi oila uni sotuvga qo‘ydi. Ma’lum qilinishicha, butun yerni yoki uning bir qismini sotib olish mumkin.

Yer egasi Anna Tordis Gudmundsdottirning ta’kidlashicha, yerni sotib olish bo‘yicha hozirda 2ta taklif tushgan. Yer egalari uning yangi egasi bu yerda sayyohlar uchun qiziq ob’ekt qurishiga umid qilishmoqda.

Ta’kidlanishicha, yerning yangi egasi u yerda turistik zona tashkil etish uchun davlatdan moliyaviy ko‘mak olishi mumkin. Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdouttirning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ushbu ob’ekt tashriflar uchun ochiq qolsa, u yerda tegishli infratuzilmani tashkil etish uchun 70 mln kron (560 ming dollarga yaqin) berishga tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Islandiyada faol vulqon joylashgan yer sotuvga qo‘yildi