23:04 / 18.05.2021
4 049

Xitoyda osmono‘par binoning chayqalishi odamlarni sarosimaga soldi (video)


Foto: Reuters
Xitoyning Shenchjen shahridagi osmono‘par bino kutilmaganda chayqaldi, deb xabar berdi «Bi-bi-si». Binoda joylashgan ko‘plab do‘konlarning xaridorlari sarosimada uni tark etishdi.

Mahalliy hokimiyat balandligi 300 metr bo‘lgan 73 qavatli SEG Plaza binosi chayqalishiga nima sabab bo‘lganini hozircha aniqlay olmadi.

Bino chayqalgan vaqtda ushbu hududda yer silkinishi qayd etilmagan.
Dastlabki tekshiruvda bino asosida hech qanday yoriqlar yo‘qligi, tashqi devorlarga zarar yetmagani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda osmono‘par binoning chayqalishi odamlarni sarosimaga soldi (video)