2 419
Kim Chen In Shimoliy Koreyadagi tuzum ag‘darilishidan xavfsirab, yirtiq jinsilarni taqiqlab qo‘ydi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yoshlari o‘rtasida tashqi ko‘rinishdagi o‘ziga xoslik pirovard natijada mamlakatdagi tuzumning ag‘darilishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Shu sababli mamlakat yetakchisi bunga qarshi bir qator choralar ko‘rdi, deb xabar bermoqda Daily Mirror nashri.
Jumladan, Kim Chen In skinni (badanga yopishib turuvchi jinsi) va yirtiq jinsilarni taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, endilikda «antisotsialistik» soch turmaklari ham ijtimoiy tuzumga xavf sifatida qabul qilinadi. Shu sababli shimoliy koreyaliklarga muayyan soch turmaklariga ega bo‘lish belgilab qo‘yildi.
Nashrda ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi g‘arb madaniyatining mamlakat yoshlariga ta’siridan va u mamlakatdagi tuzumning barbod bo‘lishiga olib kelishidan xavotirlanmoqda.
Shu asnoda Kim Chen In g‘ayriodatiy modaga amal qiluvchi kishilarni mehnat lagerlariga jo‘natish haqidagi dekretni qabul qildi.
Avvalroq Shimoliy Koreyaning «Nodon sinmun» gazetasi Kim Chen In kiritgan choralarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Nashr jurnalistlari kapitalistik hayot tarzi mamlakatni barbod qilishi mumkinligidan ogohlantirishgan.
«Tarix bizga mamlakat nozikligi va agar o‘z hayot tarzimizga amal qilmasak, u oxir-oqibat iqtisodiy va harbiy qudratiga qaramay, ho‘l devor kabi qulashi mumkinligi borasida muhim saboq bermoqda. Biz kapitalistik hayot tarzining hattoki kichik alomatlaridan xavfsirashimiz va ulardan qutulish uchun barcha imkoni bor ishni qilishimiz lozim», deb keltirilgan «Nodon sinmun»da. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi