Foto: «Google.com»
Uchinchi jahon urushi paytida maxfiy qo‘shinlarning to‘qnashuvi yuz beradi. Dunyo tanklar va artilleriya ishtirokidagi janglarsiz kurash olib boradi. Bu haqda Germaniya Baden-Vyurtemberg federal yeri sobiq bosh vaziri, Raqamli iqtisodiyot masalalari bo‘yicha Yevropa sobiq komissari Gyunter Ettinger Handelsblatt gazetasiga ma’lum qilgan.
U oxirgi bir necha yil davomida dunyoda bir qancha katta-katta kiberhujumlar sodir bo‘lganligini yodga soldi. 2015 yilda xakerlar Germaniya kansleri Angela Merkelning kompyuterini buzib kirishdi. Bundan tashqari, Irlandiya sog‘liqni saqlash tizimi, AQSHdagi Colonial Pipeline va Solarwinds kompaniyalari, shuningdek, Amerika va Germaniyadagi davlat idoralariga hujumlar sodir bo‘lgan. Ettingerning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi ortida Rossiyadan kelgan xakerlar va razvedka agentlari turibdi.
Uning aytishicha, uchinchi jahon urushi haqida bir narsa aniq — u kiber-bo‘shliqda yuz beradi. Sobiq bosh vazir, shuningdek, sayyoramizning eng yirik kiber kuchlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Uning tarkibiga Rossiya, AQSH, Xitoy, Isroil va Eron kiradi.
Germaniya kiber mudofaaga e’tibor qaratishi kerak. Chunki mamlakat allaqachon raqiblaridan ancha orqada qolib ketgan. Yevropa Ittifoqi 2021 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda kiber-bo‘shliqda himoyalanish uchun atigi bir yarim milliard yevro ajratdi, bu 27 a’zo davlat uchun yiliga 230 million yevro yoki har bir mamlakat uchun o‘n million yevroni tashkil etadi, deb yozadi Ettinger. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi