23:09 / 21.05.2021
2 639

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari reytingida 6-o‘ringa chiqib oldi


Foto: Bloomberg
The Times gazetasi versiyasiga ko‘ra, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari reytingida 6-o‘rinni band etdi. Nashr uning boyligini 13,4 milliard funt sterlingga baholadi. 2020 yilda tadbirkor yettinchi, 2019 yilda sakkizinchi o‘rinni band etgan edi.

Times’ning yozishicha, Usmonov eng saxiy milliarderlardan biri bo‘lib, oxirgi 20 yil ichida u 4,2 milliard dollarni xayriyaga sarflagan.
Xayriyaning katta qismi Rossiya va O‘zbekistonga yo‘naltiriladi, lekin 2020 yilda Usmonov 1892 yilgi Olimpiya manifestini sotib olish uchun 8,8 million dollar to‘lab, keyinchalik uni Shveysariyadagi Olimpiya muzeyiga topshirdi.

«Hayotda muvaffaqiyatga erishganlar imkoni boricha jamiyatga yordam berishi kerak, deb hisoblayman. Inson boshqa odamlarni xursand qilganda yoki hech bo‘lmaganda, qo‘lidan kelganicha yordam bergandagina baxtli bo‘lishi mumkin», — deb tushuntirdi Usmonov o‘z falsafasini Times jurnalistlariga.

Tadbirkorning Londondagi uyi Xaygeyt shahar chekkasidagi Bichvud qarorgohida joylashgan bo‘lib, shuningdek, u Surrey grafligidagi ko‘chmas mulk va Tyudorlar davriga mansub bo‘lgan qasrga ham egalik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari reytingida 6-o‘ringa chiqib oldi