
Amerikada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid barpo etiladi. Bu haqda «Dunyo AA» xabar berdi.
O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi (AQSH) Bosh konsulxonasi vakillari Ogayo shtatining Sinsinnati shahrida istiqomat qiluvchi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazgan.
Muloqot davomida Bosh konsulxona delegatsiyasi Sinsinnati shtatida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi O‘zbekiston jome’ masjidi qurilishiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan ham tanishdi. «Hamkor Uz Cincinati Association» mulki o‘laroq 8665 State Route 48, Maineville, Ohio 45039 manzilida joylashgan 2,7 gektar maydon ko‘zdan kechirildi.
Ayni paytda «Hamkor Uz Cincinati Association» o‘zbek diasporasi tashkiloti Ogayo shtatining arxitektura va qurilish kompaniyalari o‘rtasida qurilajak binoni loyihalash va dizayn smetalarini tayyorlash bo‘yicha tanlov e’lon qilgan. Majmua hududida 600-700 kishiga mo‘ljallangan ibodat uchun asosiy bino, tahorat olish xonalari va boshqa maxsus yordamchi inshootlar va 100 dan ortiq avtomobil uchun to‘xtash joyi barpo etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar