Uxan virusologiya instituti xodimlaridan birining rafiqasi pandemiya boshlanishidan oldin koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda Daily Caller nashri AQSH Davlat departamentining sobiq xodimi Devid Asherga asoslanib xabar bergan.
Donald Tramp ma’muriyati davrida Asher koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv olib borgan. Uxan shahridagi Virusologiya instituti xodimining rafiqasi 2019 yil dekabrida COVID-19 qurbonlaridan biri bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni ushbu laboratoriyaning boshqa xodimi Asherga bergan.
Devid Asherning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik rasmiylar 2019 yil noyabr va dekabr oylarida koronavirusdan vafot etganlik statistikasini yashirganlar. Tramp ham koronavirusning kelib chiqishida Xitoy hukumatini ochiqdan ochiq ayblab kelgandi.
Avvalroq, britaniyalik professor Angus Dalglish va norveg virusologi Birger Sorensen koronavirus sun’iy yaratilgani borasida «dalillar»ni topishganini ma’lum qilgan.
Mazkur talqinga ko‘ra, «xitoylik olimlar, jumladan, Amerika universitetlari bilan birgalikda SARS-Cov-2 yaratish uchun asbob-uskunalar yasashgan». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi