Foto: «iStock»
Xitoyda qo‘riqlanadigan hayvonlar toifasiga kiritilgan 15 ta Osiyo yovvoyi fili, ikki oydirki, mamlakat hududi bo‘ylab tinmay harakatlanmoqda. Fillar podasi yo‘lidan chiqqan ekinzorlarni payhon qilib, suv yig‘iladigan havzalarni buzib ketmoqda.
Olimlar hayron: fillar 500 kilometrdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tdi, ammo to‘xtash niyati yo‘q.
Fillar shu yilning aprel oyida Yunnandagi o‘zlari yashab kelgan qo‘riqxona hududini kutilmaganda tark etgandi. O‘shanda beri ular to‘xtagan emas, xomcho‘tlarga ko‘ra, fillar tashqaridagi infratuzilmaga yetkazgan zarar miqdori 1 million dollarga yaqinlashib qolgan.
«Bunaqasi tarixda birinchi marta yuz berishi. Ilgari bunaqa holat hech qachon bo‘lmagan. Boshimiz qotgan. Kuzatishda davom etishimiz, sirni ochishimiz lozim», — dedi qo‘riqxona katta ilmiy xodimi Shen Szinjunya.
Ayni paytda fillar galasi 6 million kishi yashovchi Kunmin shahriga yaqinlashib qolgan. Huquq-tartibot xodimlari kvadrokopterlar yordamida hayvonlarni diqqat bilan kuzatib borishyapti va aholiga uylarini tark etmaslikni tavsiya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"