17:27 / 05.06.2021
2 795

«Xitoy yurishi»: 15 ta fil qayoqqa otlandi?


Foto: «iStock»
Xitoyda qo‘riqlanadigan hayvonlar toifasiga kiritilgan 15 ta Osiyo yovvoyi fili, ikki oydirki, mamlakat hududi bo‘ylab tinmay harakatlanmoqda. Fillar podasi yo‘lidan chiqqan ekinzorlarni payhon qilib, suv yig‘iladigan havzalarni buzib ketmoqda.
Olimlar hayron: fillar 500 kilometrdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tdi, ammo to‘xtash niyati yo‘q.

Fillar shu yilning aprel oyida Yunnandagi o‘zlari yashab kelgan qo‘riqxona hududini kutilmaganda tark etgandi. O‘shanda beri ular to‘xtagan emas, xomcho‘tlarga ko‘ra, fillar tashqaridagi infratuzilmaga yetkazgan zarar miqdori 1 million dollarga yaqinlashib qolgan.

«Bunaqasi tarixda birinchi marta yuz berishi. Ilgari bunaqa holat hech qachon bo‘lmagan. Boshimiz qotgan. Kuzatishda davom etishimiz, sirni ochishimiz lozim», — dedi qo‘riqxona katta ilmiy xodimi Shen Szinjunya.

Ayni paytda fillar galasi 6 million kishi yashovchi Kunmin shahriga yaqinlashib qolgan. Huquq-tartibot xodimlari kvadrokopterlar yordamida hayvonlarni diqqat bilan kuzatib borishyapti va aholiga uylarini tark etmaslikni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Xitoy yurishi»: 15 ta fil qayoqqa otlandi?