08:23 / 10.06.2021
1 061

Baydenni Putinning "kureriga" aylantirishmoqda...

Baydenni Putinning "kureriga" aylantirishmoqda...

AQSH va Rossiya prezidentlarining har qanday uchrashuvi arafasida turli ig‘volar va uchrashuvni buzishga qaratilgan harakatlar odatiy holga aylangan.

Esingizda bo‘lsa, 2018 yilda Putin va Trampning Xelsinki sammiti oldidan AQSHda Rossiya fuqarosi Mariya Butina shpionlikda ayblab qo‘lga olingan edi. Yoki Buenos-Ayresdagi G20 sammiti arafasida Ukraina Kerch bo‘g‘ozida provokatsiya uyushtirgan va undan AQSH va Rossiya prezidentlari uchrashuvini bekor qilish uchun foydalanilgan edi.

Bu safar ham, ikki prezidentning Jenevadagi uchrashuvi oldidan uchrashuvni buzishga qaratilgan ig‘volar bo‘lishi shubhasiz. Yoki bo‘lmasa vaziyatni murakkablashtirib, uchrashuv uchun og‘ir fon yaratilishiga harakat qilish – kutilmoqda.

Ushbu sohada ayni damda hammadan ko‘p amerikalik respublikachilar harakat qilmoqda. Ular Trampning 4 yillik davrida unga yog‘ilgan “ruslarga xayrixohlik” uchun intiqom olishga tayyor. Bir vaqtlar demokratlar Putinning qo‘g‘irchog‘i deb nom qo‘ygan senator Ted Kruz har qadamda “Bayden – Amerika dushmani bo‘lgan Putin bilan apoq-chapoq bo‘layotganini” aytib yuribdi.

Bo‘lajak uchrashuv haqida xavotirga tushayotgan odamlarning yana bir toifasi – bu turli xil “Rossiya bo‘yicha ekspertlardir”. Ba’zida ularni kremnologlar deb ham atashadi. Ular har bir ana shunday uchrashuvda “misli ko‘rilmagan xatarlar”ni ko‘rib “qayta ishga tushirish” terminidan dahshatga tushishmoqda.

AQSH va Rossiya orasidagi munosabatlarning qayta ishga tushirilishiga hech kim ishonmasa ham, g‘arbiy kremnologlar har bundan juda qo‘rqishmoqda. Lavrov aytishiga ko‘ra, bu yerda qiladigan ishlar shunchalik ko‘p-ki, ularni tartibga solish oson bo‘lmaydi.
Ular kutilayotgan uchrashuv atrofida chidab bo‘lmas axborot atmosferasi yaratishga harakat qilishmoqda va bu yo‘lda hatto “Baydenga qaraganda Tramp aqlliroq edi”, degan gaplarni ham aytishga bormoqda.

Bu borada The Times nashri va Britaniyaning asosiy kremnologi, Rossiyaga qarshi salb yurishlari boshlig‘i Edvard Lukas “Bayden jamoasi Obama ma’muriyati xatolarini takrorlamoqda” dedi. Bunday yondashuv G‘arbning erkin OAVlari uchun mutlaq kutilmagan holat.
“Trampning bosqichma-bosqich olib borgan tashqi siyosati hurmatga ko‘proq sazovor edi. Xitoy haqida ham u haq bo‘lib chiqdi. U Germaniyani ham mudofaa xarajatlariga ziqnaligini, uquvsiz va o‘zboshimchaligini ham tanqid qilardi. Shuningdek, u Yevropada qo‘shinlar sonini oshirishga muvaffaq bo‘ldi”, - deb yozadi Lukas.

Kremlga qarshi doimiy kurashchilardan yana biri – AQSHning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol ham uning fikriga qo‘shildi va munosabatlarni “qayta yuklash”ni o‘ta xavfli deb atadi.

Yaqinda The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida u shunday yozadi:
“Baydenning maqsadi Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashda bo‘lishi kerak emas. Uning jamoasi xavfsizlik, iqtisod, qadriyatlar borasida muayyan maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lishi kerak. Kelajakda esa hafsalasi pir bo‘lishgna tayyor bo‘lishi kerak”.

MSNBC telekanaliga bergan intevyusida Makfol ochiqchasiga “Men Bayden Putin bilan barqaror va kutilgan munosabatlar haqida gapirmaydi deb sitqidildan umid qilaman. Bu amalga oshmaydi”, - dedi. Sobiq diplomat har ikki gapning birida Bayden Jenevada Moskva bilan yaqinlashishda davom etmasligiga va faqat “keskin messejler” bilan cheklanishiga umid qilishini gapirib kelmoqda.

O‘zlarini “Rossiya bo‘yicha ekspert” deb biladigan siyosatchilar bayonotlariga nazar tashlansa – ularning fikri bir joydan chiqayotganiga amin bo‘lish mumkin. Fransiyalik kremnolog Metyu Buleg va yaqinda Rossiyani abadiy izolyatsiya qilishga chaqirgan Britaniyaning Chatem-xaus markazi tomonidan o‘z niyatlarini ochiqchasiga “Hozir Moskva bilan munosabatlar yaxshilanmasligi aslida juda yaxshi”, - deyishmoqda.

Buleg ham o‘tgan davrlarda amalga oshirilgan “qayta ishga tushirishlar”ni esga olib G‘arb siyosatchilari yana bir bor “Moskva bilan kelishiga urinayotgani – ularda mushak xotirasi yo‘qligidan va ommaviy ravishda o‘tmish darslarini unutganidan darak beradi”, - deydi.

Buleg, Chatem-xaus bayonotini davom ettirgan holda barcha ruslar bilan doimiy nizoda bo‘lishga chaqiradi. U hatto o‘z hisobotida bir necha bor o‘z fikriga qarama-qarshi fikrlar bildiradi. Bir gapda u Rossiya “tushkun” holatda desa, boshqa gapda “Rossiya bu Xitoy emas” va AQSH tashqi siyosatida ustuvor o‘ringa ega bo‘lishi kerak deydi.

O‘z mulohazalarini Buleg Yevropa siyosatini tahlil qilish markazi (CEPA) saytida chop etgan. Ushbu tashkilot sayti so‘nggi vaqtlarda aksilrossiya mavzusida tahliliy maqolalar chiqarish generatoriga aylangan, desak xato bo‘lmaydi.

Tepada aytib o‘tilgan Edvard Lukas ham ana shu tashkilotdan. AQSHning Ukrainadagi sobiq maxsus vakili Kurt Volker ham ana shu yerda ishlaydi. Volker o‘z vaqtida Donbassda mojaroni avj oldirish uchun ko‘p ishlarni qilgan edi. Jeneva sammitida bo‘lajak uchrashuv yakunlarini tahlil qilarkan u ham Bayden jamoasidan Moskva bilan “Barqaror va kutilgan” munosabatlarga umid qilmaslikni maslahat berdi. Buning o‘rniga sammit arafasida Rossiyaga qarshi yangi qattiqqo‘l sanksiyalar kiritishni maslahat berdi. Uning fikriga ko‘ra bu muzokarlarda AQSHga “kuchli tomon bo‘lish imkonini beradi”. Bu yerda faqat bir savol paydo bo‘ladi – yangi sanksiyalar kiritish uchun uchrashishning nima keragi bor? AQSH shundoq ham yetarlicha sanksiyalar kirtib bo‘lgan.

Lekin prfessional kremnologlar xulosasi ana shunday. Ular mojarolardan chiqish yo‘lini qidirishmaydi. Ularning ayrimlari hayolida haliyam 90-yillardagi “dahshatlar” bo‘lsa ajab emas. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng G‘arbda ko‘plab yuqori malakali sovetologlar ishsiz qolgan, “rus masalasi” borasida ishlaydigan tahliliy markazlar buzib tashlangan edi. Undan so‘ng Obama davridagi “qayta yuklash” ushbu markazlar qoldiqlarini ham yo‘q qilib tashladi. Mutaxassislardan aksariyati hech kimga kerak bo‘lmay qolgan edi.

2014 yil voqealaridan so‘ng esa G‘arb OAVlarida yana bir bor anirossiya kayfiyatda bo‘lgan ekspertlarga talab paydo bo‘ldi. Kremlenologlar uchun renessans davri keldi. Britaniyaning Integrity Initiative loyihasi va shunga o‘xshash loyihalarda ishlaydiganlar mo‘maygina mablag‘ topa boshlashdi. Bu toifa loyihalarga yollangan odamlar, albatta, oliy darajadagi uchrashuvlarni barbod qilish uchun qo‘lidan kelgan barchi ishlarni amalga oshirishga tayyor.

“Aksilrossiya” kayfiyatli ekspertlarga talab kuchayganidan so‘ng ularning qatoriga ko‘plab, shu vaqtga qadar Rossiyaga yoki sobiq Ittifoqqa hech qanday munosabatda bo‘lmaganlar ham kirib kela boshladi. Ular orasida “Odessa Qrimda joylashgan” deb o‘ylaydiganlar yoki “Ukrainani Qrim ko‘prigiga raketa zarbasi berishga chaqirayotganlar” ham bor.

Ana shunday ekspertlardan biri amerikalik Tom Rogan Baydenni “Rossiya prezidentining kureri” deb atashdan toymadi. Bir vaqtlar Edvard Snouden sirlarini chop etgan amerikalik jurnalist Glenn Grinvald eski uslubda ish boshladi: Balkim Putinda Baydenga qarshi biror kompromat bordir: moliyaviy, siyosiy yoki shaxsiy narsa? Men buning javobini bilmayman, lekin bu yerda bir gap bor.”, - deb o‘zicha intriga boshladi.

Yaqin kunlar ichida bizga ana shu kabi ko‘plab maqolalar taqdim etilishiga shubha yo‘q. Baydenga media orqaldi o‘ta kuchli bosim o‘tkazilmoqda, lekin bu Trampga bo‘lgan bosim va “Rashageyt” tutqanog‘iga nisbatan sezilarli darajada kam.

Rossiya - AQSH munosabatlarida biroz iliqlashishiga imkon paydo bo‘ldi deguncha, ana shunday ritorika u yaqqol kuchayib borishi tabiiy. Kremlenologiya – tobora grotesk shakliga kirib borayotgan bo‘lsa ham, daromadli kasbga aylanmoqda. Siyosatchilar tinchlikni istasa ham Rossiya ekspertiga chiqargan jurnalistlar hech qachon tinchlik bo‘lishini istamaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Baydenni Putinning "kureriga" aylantirishmoqda...