Massachusets shtatida g‘avvos kit og‘zidan omon chiqib, jiddiy jarohatlarsiz qirg‘oqqa yetib bordi. Bu haqda mahalliy Cape Cod Times gazetasi xabar berdi.
56 yoshli Maykl Pakard juma kuni ertalab Atlantika okeanining qirg‘og‘ida qisqichbaqalarni tutayotgan bo‘lgan.
«To‘satdan, men juda katta zarbni sezdim, shundan keyin qorong‘i bo‘lib qoldi. Men harakat qilayotganimni va kit meni og‘zidagi mushaklar yordamida itarib yuborayotganini his qildim», deydi u.
Dastlab Pakard uni akula yeb qo‘ygan deb o‘ylagan, lekin unga hujum qilgan jonivorning tishlarini topolmagan va jiddiy jarohatlar olmaganligini anglagan holda, g‘avvos uning kit ichida ekanligini tushungan.
G‘avvos shiddat bilan harakatlana boshlagan, shundan keyin kit suv yuziga chiqib, boshini silkitib uni qo‘yib yuborgan. Pakardning sherigi uni qirg‘oqqa olib chiqqan. G‘avvos mahalliy kasalxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlarni topmagan, bir necha soatdan keyin g‘avvosga uyiga ketishiga ruxsat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!