1 814
Lukashenko hozirgi vaziyatda belaruslarni quroldan foydalanishga o‘rgatishni taklif qildi
Foto: Reuters
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisi quroldan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak, degan fikrda. Bu haqda «BelTA» davlat agentligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.
«Ertaga jang qilmasligimizga kim kafolat beradi? Siz ham, men ham, hech birimiz kafolat berolmaymiz. Dunyo umuman aqldan ozgan. Xudo saqlasin-u, urush har qanday vaqtda har qaysi joyda boshlanib qolishi mumkin», — deya ogohlantirdi Lukashenko hamda shu munosabat bilan aholini o‘qotar quroldan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rgatish zarurligini ta’kidladi.
Prezident ushbu gaplarni Vitebsk viloyatiga ish safari chog‘ida aytgan, u yerda Lukashenko raketalar va o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish bilan tanishgan.
Lukashenko quroldan foydalanish sabog‘i birinchi navbatda mamlakat qurolli kuchlarida xizmat qilmaydiganlarga berilishi kerak, deb hisoblaydi. U buni «og‘ir davrlarda jang maydonida o‘rganishga majbur bo‘lmasligi uchun» talabalardan boshlashga chaqirdi.
Avvalroq Lukashenko mamlakat o‘z qurol-yarog‘ ishlab chiqarish sanoatini yo‘lga qo‘yishi kerakligini aytgan edi. «Agar Xudo saqlasin, qandaydir mojaro, urush bo‘lsa, har bir oila, hududiy organlar butun qurol-yarog‘ kompleksi bilan qurollangan bo‘lishi kerak. Shunda dushman bizga yaqinlashmaslik yaxshiroq ekanini tushunadi», — degan u.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun Belarus Rossiya tajribasidan foydalanishi mumkin, Rossiya bunga «mutlaqo qarshi emas». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi