09:00 / 17.06.2021
2 392

Putin Jenevada Bayden bilan uchrashdi yoxud Putinning matbuot anjumanidagi javoblari


16 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jyenevada AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi. Vladimir Putin va Jo Bayden muzokaralari qariyb to‘rt soat davom etdi — 1 soat 45 daqiqa davomida tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, tanaffusdan so‘ng prezidentlar keng doirada uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng Rossiya prezidenti jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Foto: Reuters
Muzokaralar natijalari
«Amerika va Rossiya elchilari o‘z ish joylariga qaytadi».
Strategik barqarorlik bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi: «Biz yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligi va bu urush hech qachon yuz bermasligi tamoyiliga sodiqligimizni tasdiqlaymiz».
«Mahbuslar almashish masalasida murosaga kelishimiz mumkin. Rossiya tashqi ishlar vazirligi va AQSh davlat departamenti bu yo‘nalishda ishlaydi».

Bayden to‘g‘risida
«Tajribali, konstruktiv yetakchi, hamma rahbarlar bilan ham bunday batafsil suhbat bo‘lavermaydi».
«Menda u bilan «bitta tilda» suhbatlashgandek taassurot hosil bo‘ldi».
«Bayden hozircha meni mehmonga taklif qilmadi, men ham bunday taklif bilan chiqmadim. Buning uchun ma'lum bir sharoit paydo bo‘lishi kerak».
Foto: Reuters
Baydenning Putinni qotil degani to‘g‘risida 
«Keskin bayonot borasida: nima ham derdim, bu bayonot haqida hammamiz bilamiz. Shundan keyin Bayden menga qo‘ng‘iroq qildi, gaplashib oldik. Uning izohlari meni qanoatlantirdi».
«Kim va qayerda hamda nimada aybdorligi, kim qotilligi borasida: Amerika shaharlaridagi ko‘chalarda har kuni kimnidir o‘ldirishadi, jumladan, turli tashkilotlar yetakchilarini ham. U yerda bir so‘z aytishga ulgurmaysan – yo ko‘ksingdan yo ortingdan o‘q uzishadi».
«Guantanamo haligacha ishlayapti. Bu na xalqaro huquqqa, na Amerika qonunlariga to‘g‘ri keladi. Lekin haligacha mavjud».

Rossiyadagi muxolifat to‘g‘risida
«Xorij agenti» maqomi tashkilotlarning faoliyat yuritishini taqiqlamaydi».
«Ular (Aleksey Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurashish fondi) noqonuniy aksiyalarga da'vat qilgani uchun ekstremistik tashkilot deb tan olingan, ular ko‘chadagi tadbirlarga voyaga yetmaganlarni ochiqchasiga chaqirgan, bu esa qonunga xilof. Ular «Molotov kokteyllari»ni qanday tayyorlashni ochiqchasiga o‘rgatishgan».
«OAVni xorij agenti deb tan olish javob qadami bo‘ldi. RT AQShning barcha talablarini bajarmoqda, ammo u yerda xorij agenti deb tan olindi, Amerikaning qator OAVlari esa Rossiya qonunlarining barcha moddalarini bajarmay kelmoqda».

Ukraina to‘g‘risida
«Rossiya zimmasida Ukraina bo‘yicha faqat bitta majburiyat bor — Minsk kelishuvlarini amalga oshirish, agar Kiyev tayyor bo‘lsa».

Kiberxavfsizlik to‘g‘risida
«Biz bu masalada maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldik. Menimcha, bu juda muhim. Kim qanday hajmdagi majburiyatlarni zimmasiga olishi muzokaralar jarayonida hal qilinadi».
«Rossiya ham ana shunday tahdidlarga duch kelmoqda, xususan, sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan. Hujumlar qayerdan amalga oshirilayotganini, bu ish AQSh kibermakonidan muvofiqlashtirilayotganini ko‘rib turibmiz».
Foto: Reuters
Rossiya va AQSh munosabatlari to‘g‘risida
«Lev Tolstoy shunday degandi: «Hayotda baxt yo‘q, uning uchqunlari bor. Ularni qadrlang». Hozirgi vaziyatda qandaydir oilaviy ishonch bo‘lishi mumkin emas, ammo uning «uchqunlari» chaqnadi».
«Vashingtonda Moskva bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdorlari ham, bunga qarshilar ham bor. Qaysi kuchlar ustunligini ayta olmayman. Ikki tomonlama sammitdan so‘ng Amerika tomonidan yangi cheklovlarga qadam qo‘yilishi imkoniyatning boy berilishini anglatadi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Jenevada Bayden bilan uchrashdi yoxud Putinning matbuot anjumanidagi javoblari