22:19 / 18.06.2021
2 941

Kaliforniyada anomal issiq ob-havo tufayli favqulodda holat e’lon qilindi


AQSHning Kaliforniya shtati gubernatori Gevin Nyusom shtatning ayrim hududlarida havo harorati Selsiy bo‘yicha deyarli 48 darajaga ko‘tarilgandan so‘ng 18-iyun kuni favqulodda holat e’lon qildi, deb yozadi «TASS».

Shtat rahbarining veb-saytida e’lon qilingan farmonda ta’kidlanishicha, mazkur ob-havoda aholining konditsionerlardan faol foydalanishi tufayli davlatning elektr energiya tizimiga ortiqcha yuk tushishi xavfi mavjud, bu esa elektr uzilishiga olib kelishi mumkin.

«Issiq havoda elektr energiyasi tizimidagi yukni kamaytirish uchun chora ko‘rishga to‘g‘ri keladi», — dedi gubernator. U shtat aholisini elektr energiyasini tejashga, xususan, bir necha kun kir yuvish va idish yuvish mashinalarini ishlatmaslikka chaqirdi. Nyusom, shuningdek, benzin va dizel generatorlari singari zaxira quvvat manbalaridan foydalanish bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarni yumshatishga imkon berdi.

Kaliforniya AQSHning eng ko‘p aholisini o‘z ichiga olgan shtat bo‘lib, unda 40 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Shtatda 2020-yilda g‘ayritabiiy issiqlik tufayli elektr uzilishi yuz bergan edi. Shtatning Los-Anjeles shahrida havo harorati yozda 49,4 darajaga ko‘tarilgan. Oqibatda 200 mingdan ortiq kaliforniyalik 20 yil ichida birinchi marta bir necha kun davomida elektrsiz qolgan. O‘shanda mahalliy ommaviy axborot vositalari gubernatorni tanqid ostiga olgandi.

Bundan tashqari, o‘tgan yozda shtatda jazirama tufayli ko‘plab yong‘inlar sodir bo‘ldi: ularning umumiy maydoni 881,4 ming gektarni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada anomal issiq ob-havo tufayli favqulodda holat e’lon qilindi