«Manchester Siti»ga qo‘yilgan 115 ayblovdan 114 tasi bo‘yicha qaror chiqarildi

«Manchester Siti»ga qo‘yilgan 115 ayblovdan 114 tasi bo‘yicha qaror chiqarildi

«Manchester Siti»ning Premer-liga moliyaviy qoidalari bo‘yicha uzoq davom etgan ishida muhim qaror qabul qilindi. Xabarlarga ko‘ra, mustaqil komissiya klubga qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha qoidabuzarlik mavjud, degan xulosaga kelgan.

Endi asosiy masala — klubga qanday chora qo‘llanishi. Jazo hozircha belgilanmagan, «Manchester Siti» esa komissiya qaroridan apellyatsiya berish niyatida.

Premer-liga klubni 2023 yil fevral oyida 2009–2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblagan edi. Ish bo‘yicha mustaqil komissiya eshituvlari 2024 yil sentyabrdan dekabrgacha davom etgan.

«Manchester Siti» esa ayblovlarni avvaldan rad etib kelmoqda. Shu bois komissiya qarori yakuniy natija hisoblanmaydi — apellyatsiya jarayoni ishning keyingi taqdirini belgilashi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar