Foto: AFP
Qurolli nizolar va inson huquqlari buzilishi tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan odamlar soni o‘tgan yili rekord darajada — 82,4 million nafargacha o‘sdi. BMT Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi 18 iyun kuni Jenevada taqdim etgan hisobotda bu o‘n yil ilgarigidan ikki baravar hamda statistika yuritila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich ekani aytiladi.
Koronavirus global pandemiyasi payti mamlakatlar o‘rtasida qatnovlar cheklanganiga qaramay, 2020 yilda qochoqlar soni deyarli uch hissaga ko‘paygan. Qariyb o‘n yildan beri o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgan bu jarayon to‘xtatilishi lozim, deyiladi hisobotda.
2020 yil oxiriga kelib, BMT Qochoqlar masalalari oliy komissari mandati ostidagi qochoqlar soni 20,7 million nafarni, falastinlik qochoqlar soni 5,7 million nafarni, inqiroz sababli vatanini tark etgan venesuelalik qochoqlar soni 3,9 million nafarni tashkil etgan.
Yana 48 million kishi ichki ko‘chirilgan shaxslar hisoblanib, o‘z mamlakatlari hududida qolmoqda. Bundan tashqari, turli mamlakatlardan boshpana so‘rayotgan 4,1 million kishi ham bor.
Uylarini majburan tark etganlarning 42 foizi — voyaga yetmaganlar. Tashkilot hisoblashicha, 2018–2020 yillarda qochoqlar orasida qariyb million nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu bolalar uzoq yillar qochoqlik maqomida yashashga mahkum, deya ta’kidlanadi hisobotda.
O‘z vatanini majburan tark etganlarning uchdan ikki qismi besh mamlakatga tegishli: Suriya, Venesuela, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va Myanma. Qochoqlarning 86 foizini rivojlanayotgan qo‘shni mamlakatlar qabul qilgan.
Yetti yildirki, eng ko‘p qochoqni Turkiya qabul qilmoqda, 2020 yilning o‘zida 3,7 mln. nafar qochoq turk zaminida boshpana topdi. Keyingi o‘rinlarda: Kolumbiya (2020 yilda 1,7 mln. qochoqni qabul qilgan), Pokiston (1,4 mln.), Uganda (1,4 mln.) va Germaniya (1,2 mln.). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi
Ukrainada oʻtgan yili urushga qancha odam safarbar qilingani ma'lum qilindi
Tadqiqot: ozish uchun qancha vaqt mashq qilish kerak?
Jo Bayden Lionel Messini Ozodlik medali bilan mukofotladi
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Andijonda mashina tomini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgan shaxsga chora koʻrildi
Javohir Sindorov nufuzli turnir yarim finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi!
Suriya davlat xizmatchilarining maoshlari 400 foizga oshiriladi