14:10 / 23.07.2021
4 478

Afg‘onistonda noma’lum guruh tomonidan yuzlab aholi o‘ldirildi


Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi Spin-Boldak tumanida noma’lum shaxslar yuzdan ziyod tinch aholini o‘ldirishgan. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi vakiliga asoslanib Tolo News telekanali ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hudud «Tolibon» harakati nazorati ostida bo‘lgan. Afg‘oniston hukumati tinch aholining o‘limida «Tolibon»ni ayblamoqda.

«Panjob (Pokiston)lik boshliqlarining buyrug‘i asosida «Tolibon» ning shafqatsiz terrorchilari Spin-Boldakning ba’zi joylarida begunoh afg‘onlarning uylariga hujum qilishdi. Xonadonlarni talon-taroj qilib, yuzlab begunoh odamlarni o‘ldirishdi», - deydi Ichki ishlar vazirligi vakili Mirvais Stanekzay.

«Tolibon» harakati ushbu hodisada ishtiroki borligi haqidagi taxminlarni rad etgan. Takidlanishicha, Pokiston bilan chegaradagi Spin-Boldak hududi toliblar tomonidan allaqachon qo‘lga olingan va keyin yana hukumat kuchlari nazorati ostida o‘tgan.

Pokiston-Afg‘oniston chegarasida joylashgan Spin-Boldak tumani savdo-sotiq nuqtai nazaridan strategik mavqega ega.
Avvalroq «Tolibon» Afg‘oniston chegaralarining 90 foizini nazoratga olganini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda noma’lum guruh tomonidan yuzlab aholi o‘ldirildi