18:24 / 24.07.2021
1 965

Trampning BAA foydasiga ishlashda ayblangan sobiq maslahatchisi 250 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqdi


Foto: AP
Sud AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Tomas Barakni 250 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Barak Tramp ma’muriyatining tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida maxfiy ravishda BAA uchun ishlaganlikda ayblangandi.
74 yoshli sobiq maslahatchi qator shartlar asosida ozodlikka chiqarildi. Barakning pasporti olib qo‘yildi, uning qayerda yurgani esa GPS-treker orqali kuzatib turiladi. Shuningdek, sobiq maslahatchi komendantlik soatiga rioya qilishga majbur.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Barak Koloradodagi kompaniyasi rahbari Mettyu Grayms va Birlashgan Arab Amirligi hukumati manfaatlarini himoya qiluvchi biznesmen Rashid Sulton al-Malik Alshohiy bilan til biriktirgan.

Tramp prezident bo‘lgach, Barak amerikalik yuqori martabali amaldorlarga Yaqin Sharqdagi tashqi siyosat masalalari bo‘yicha norasmiy ravishda maslahat berib kelgan, deb yozadi AP.

Bundan tashqari, Barak BAA rasmiy shaxslariga Tramp ma’muriyati faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning BAA foydasiga ishlashda ayblangan sobiq maslahatchisi 250 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqdi