Saudiya Arabistoni chempionatidagi sharmandali voqea Cristiano Ronaldo e'tiboridan chetda qolmadi

Saudiya Arabistoni chempionatidagi sharmandali voqea Cristiano Ronaldo e'tiboridan chetda qolmadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasida Al-Taawoun va Al-Hilol o'yinida mezbon muxlislar Al-Hilol yarim himoyachisi Ruben Nevesga uning do'sti Diogo Jota vafoti bilan bog'liq haqoratli shiorlar aytishdi.
  • Ruben Neves bu voqeadan qattiq ranjiganini bildirib, "Ularning qilgan ishidan keyin borib duo qilishlarini ham istamayman" degan.
  • Al-Nassr futbolchisi Cristiano Ronaldo ham bu holatni qoralab, bunday muxlislar stadionlarga kiritilmasligi kerakligini ta'kidladi.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida futbol odob-axloqiga zid boʻlgan oʻta sharmandali holat qayd etildi. Al-Taawoun va Al-Hilol jamoalari oʻrtasidagi bahsda mezbon muxlislar tomonidan maydondagi futbolchilardan biriga nisbatan aytilgan haqoratli va qabih shiorlar jamoatchilikning qattiq gʻazabiga sabab boʻldi. Goal.com xabar berishicha, mazkur uchrashuvda mezbon jamoa fanatlari Al-Hilol yarim himoyachisi Ruben Nevesga qarshi qaratilgan sharmandali qiliqlarga qoʻl urgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ma'lum boʻlishicha, Al-Taawoun muxlislari Ruben Nevesning yaqin doʻsti va terma jamoadagi sobiq jamoadoshi Diogo Jotaning fojiali oʻlimi bilan bogʻliq mavzuni ataylab koʻtarib, portugaliyalik futbolchini haqorat qilishgan. Diogo Jota va Ruben Neves nafaqat Portugaliyaning yoshlar terma jamoalarida birga toʻp surgan, balki Angliyaning Vulverxempton klubida birga oʻynab, qalin doʻstga aylanishgan ed.

Futbolchilarning munosabati va keskin norozilik

Diogo Jota fojiali tarzda vafot etganidan keyin, Ruben Neves uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda Portugaliya terma jamoasidagi oʻyinlarida 21-raqamli libosda harakat qilishni boshlagandi. Maydonda sodir boʻlgan bu axloqsizlikka futbolchining oʻzi ham jim qarab turolmadi. Cronache di Spogliatoio nashri tarqatgan ma'lumotlarga koʻra, Ruben Neves sodir etilgan voqeadan soʻng: "Ularning qilgan ishidan keyin borib duo qilishlarini ham istamayman", deya oʻzining qattiq nafrati va ranjiganini yashirmagan.

Ushbu sharmandali holat butun futbol jamoatchiligi qatori Saudiya Arabistoni chempionatida toʻp surayotgan boshqa yulduzlarning ham e'tiboridan chetda qolmadi. Xususan, Al-Nassr safida harakat qilayotgan Cristiano Ronaldo ham mazkur voqeaga munosabat bildirib, muxlislarning bu qiligʻini keskin qoraladi. Portuganiyalik yulduz futbolchining soʻzlariga koʻra, bunday shaxslar endi hech qachon stadionlarga kiritilmasligi lozim.

Mazkur mojaro Saudiya Arabistoni futbolida muxlislar madaniyati va xavfsizlik masalalarini yana bir bor dolzarb qilib qoʻydi. Mahalliy liga uchrashuvlarida sport etikasiga amal qilinishi hamda raqib futbolchilarning shaxsiy fojialaridan ustun kelishga urinayotgan ayrim muxlislarga nisbatan qattiq intizorlik choralari koʻrilishi talab etilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar