13:04 / 26.07.2021
1 573

Norvegiyaga tunda meteorit tushdi, atrof bir necha soniyaga yorishib ketdi (video)

Norvegiyaga tunda meteorit tushdi, atrof bir necha soniyaga yorishib ketdi (video)

Foto: Norvegiya meteor tarmog‘i
Sharqiy Norvegiya osmonidan meteorit uchib o‘tdi, ko‘pchilik odamlar qattiq gumburlash ovozini eshitgan. So‘ng meteorit yerga quladi, deb xabar bermoqda «RBK» Norvegiya meteor tarmog‘iga tayanib.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 iyul kuni 01:08 da (Toshkent vaqti bilan 04:08) osmonda nur chaqnab, bu taxminan besh soniya davom etgan. Xususan, «olovli shar»ni Osloda ko‘rishgan. Meteorit bo‘laklari Mudum va Liyer kommunalari oralig‘idagi Finnemarka tabiiy qo‘riqxonasi hududiga tushgan, deb taxmin qilingan.

Keyinroq Norvegiya meteor tarmog‘i aniqlik kiritishicha, meteorit birinchi marta Oslodan shimoldagi Nordmarkdagi Kerkeberget tepaligidan 90 kilometr balandlikda aniqlangan, u janubi-g‘arbga qarab siljigan. So‘ng meteorit parchalanib, taxminan 30 daqiqadan keyin Yerdan 23 kilometr balandlikda so‘ngan. Uning Yerga qulashi natijasida kuchli zarba to‘lqini yuzaga kelgan, uni ko‘pchilik his qilgan. Ammo hech kim jabrlanmagan.

Norvegiyaning NORSAR seysmologiya markazi meteoritni tungi 01:10 va 01:15 oralig‘ida aniqlagan.
Tronxeym shahri aholisi ham «olovli shar»ni ko‘rgan. Meteorit qulashiga guvoh bo‘lganlar hodisaga portlash va shamol hamrohlik qilganini aytmoqda.

Shuningdek, Euronews xabariga ko‘ra, bir necha soniya davom etgan chaqnash juda kuchli bo‘lib, atrof xuddi kunduzgi vaqtdagidek yorug‘ bo‘lib ketgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Norvegiyaga tunda meteorit tushdi, atrof bir necha soniyaga yorishib ketdi (video)
[/banner_pushhouse