2 169
Britaniyalik olimlar: «Koronavirusdan sog‘aygan insonlarning aqliy salohiyat darajasi tushib ketmoqda»
Britaniyalik olimlar The Lancet tibbiyot jurnalida koronavirus aqliy salohiyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga oid tadqiqot natijalarini chop etdi, deb xabar beradi Esquire.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, aqliy salohiyatning yomonlashuvi bemor sog‘ayganidan keyin ham saqlanib qolmoqda va bu hatto COVID-19’ning yengil shakli bilan kasallanganlarga ham taalluqli.
Britaniyalik olimlarning asosiy vazifasi kognitiv ko‘rsatkichlarning yomonlashuvi aynan koronavirusga bog‘liq yoki bog‘liqmasligini aniqlash bo‘lgan. Chunki COVID-19’ga chalingan fuqarolarning aksariyati xotira va diqqatni jamlashda, bosh og‘rig‘i va boshqa salbiy belgilarga duch kelayotganini bildirgan.
Bundan tashqari, olimlar hid bilish qobiliyatining yo‘qolishini ham markaziy nerv tizimi ishining buzilishiga bog‘lamoqda. Tadqiqotda 81 337 kishi ishtirok etgan. 2020 yilning yanvaridan dekabriga qadar ular Grat British Intelligence aqliy salohiyat testlaridan o‘tgan.
Tanlanganlarning 12 689 afari koronavirusni turli darajada boshdan o‘tkazgan. 275 kishi testni kasallikdan oldin va keyin topshirgan.
Foto: The Lancet
Tadqiqotchilar olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, uni koronavirusdan tuzalgan sog‘lom insonlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslagan. Bunda ular respondentlarning jinsi, yoshi, irqi, ta’lim darajasi, daromadi va boshqa ma’lumotlarini inobatga olgan.
Aniqlanishicha, COVID-19’dan tuzalgan fuqarolar kognitiv tanqisligini sezilarli darajada namoyon etgan — ular kasallikka chalinmagan fuqarolarga nisbatan testni yomonroq ishlagan. Ayniqsa, bu loyihalashtirish, qaror qabul qilish va abstrakt fikrlashni talab qiladigan masalalarda yaqqol sezilgan.
Davolanish vaqtida shifoxonaga yotqizilgan bemorlarda aqliy tanqislik ko‘proq kuzatilgan. Olimlar ilmiy hamjamiyatni koronavirus va miyaning bog‘liqligini yaxshiroq o‘rganishga chaqirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi