08:30 / 29.07.2021
3 705

Antaliyaga ofat yopirildi


Foto: osnmedia.ru
Turkiyada o‘rmonlar yonmoqda. Katta yong‘in Antaliyagacha yetib bordi. Ma’lum qilinishicha, Antaliyaning Manavgat hududida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashda 15 vertolyot ishtirok etmoqda.

«Biz Manavgat hududida sodir bo‘lgan katta yong‘inni boshqarishga harakat qilmoqdamiz. Yong‘inni o‘chirishga ikkita samolyot, 15 vertolyot, oltita buldozer va 106 ta o‘t o‘chiruvchi mashina jalb qilindi», deydi hokimlik vakili.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kunning ikkinchi yarmida yaqin atrofdagi o‘rmonning ikkita nuqtasida sodir bo‘lgan. Kuchli shamol tufayli alanga tezda katta maydonga tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy ofat joyidan o‘nlab videolar paydo bo‘ldi. Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, alanga o‘z yo‘lidagi hamma narsani yo‘q qilmoqda. Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antaliyaga ofat yopirildi