Antaliyada kuchli o‘rmon yong‘ini: 720 kishi evakuatsiya qilindi

Turkiyaning Antaliya viloyatida yuz bergan kuchli o‘rmon yong‘ini aholi xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirdi. Aksuda boshlangan yong‘in kuchli shamol ta’sirida Kepez hududiga ham tarqalgan.
Favqulodda vaziyat sabab 254 ta xonadon bo‘shatilib, 720 nafar aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 8 kishi jabrlangan. Ulardan ikki nafari oyog‘idan jarohat olgani sabab shifoxonaga yuborilgan. Qolgan olti kishiga esa tibbiy yordam voqea joyining o‘zida ko‘rsatilgan.

Olovni jilovlash ishlariga mingdan ziyod xodim jalb etilgan. Shuningdek, yong‘inga qarshi kurashda samolyotlar, vertolyotlar va maxsus texnikalardan ham foydalanilmoqda.
Yong‘in tufayli ayrim hududlarda elektr energiyasi va mobil aloqa xizmatlarida uzilishlar kuzatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, alanga 160 gektarga yaqin hududni qamrab olgan. Biroq yong‘in hali to‘liq bartaraf etilmagani bois zarar ko‘lami yakuniy hisoblanmagan.






























Izohlar 0
…