
Foto: AviaSpotter
Kam Air aviakompaniyasining 17 avgust kuni Kobul—Toshkent—Kobul yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan RQ-907/RQ-908 reysi amalga oshirilmadi. Bu haqda Telegram’dagi «Novosti Tashkentskogo neba» kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parvoz Kobul aeroporti va Afg‘oniston havo makonining tijoriy aviareyslar uchun yopilgani sabab bekor qilingan.
Ta’kidlash kerakki, afg‘on kompaniyasining reyslari haftaning har seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilib kelgan. Parvoz davomiyligi 1 soat 40 daqiqa. Mazkur aviatashuvchining so‘nggi parvozi 14 avgust kuni Airbus A-340-300 havo layneri tomonidan amalga oshirilgan edi.
Kam AirKobulToshkentAviakompaniyaParvoz BekorTijoriy Aviareyslar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar