18:30 / 18.08.2021
2 693

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘radi

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘radi
Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘radi. U jamoat mablag‘larini o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, elchixona shuningdek, milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Hamdulla Muhib va prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Fazl Mahmud Fazliyni ham ana shunday ayblov bo‘yicha qo‘lga olishni so‘ragan.

Elchixonaning fikricha, bu o‘g‘irlangan mablag‘larni Afg‘onistonga qaytarishga yordam beradi.

16 avgust kuni TASS Kobuldagi Rossiya elchixonasi xodimiga asoslanib G‘ani Afg‘onistonni yirik miqdordagi naqd pullar bilan tark etgani haqida xabar bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘radi