Yevroittifoq “Tolibon”ni tan olmasligini ma’lum qildi

Yevroittifoq “Tolibon”ni tan olmasligini ma’lum qildi
Yevroittifoq “Tolibon” harakati bilan texnik muloqot olib bormoqda, ammo siyosiy muzokaralar olib bormayapti va uni tan olmoqchi emas. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Yevroittifoq “Tolibon” bilan operativ muloqot olib bormoqda, bu odamlarni qutqarish uchun zarur. Ammo hech qanday siyosiy muzokaralar yoki tan olish haqida gap bormayapti”, – dedi u.

15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi. Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi.

“Tolibon” Turkiya va Xitoy bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligini bildirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar