19:57 / 23.08.2021
2 542

Amerikalik erkak radiatorga suv quyaman deb yo‘ltanlamasini cho‘ktirib yubordi

Amerikalik erkak radiatorga suv quyaman deb yo‘ltanlamasini cho‘ktirib yubordi
Foto: KIMA Action News
Vashingtonda istiqomat qiluvchi fuqaro eng yaqin suv havzasiga borib, to‘qqizinchi avlod Chevrolet Suburban’ining radiatoriga suv to‘ldirishga uringan. Biroq ehtiyotsizligi sabab u avtomobilini daryoga cho‘ktirib yuborgan, deb xabar beradi Motor.

Yakima okrugi sherifining ofisiga mahalliy aholidan yaqin atrofdagi daryoda 1990 yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Suburban oqib ketayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Sherif zudlik bilan voqea joyiga patrul ekipajini yuborgan va ular suv havzasida haqiqatan ham yo‘ltanlamas hamda qirg‘oqda uning nima qilishni bilmay turgan egasiga duch kelgan.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kimga shikast yetmagan, ammo ushbu voqeaning yuzaga kelishi qiziqarli — erkak avtomobilda ataylab daryoga tushgan. Uning tushuntirishicha, haydovchi termostat tizimini almashtirgan va radiatorini suv bilan to‘ldirishi kerak bo‘lgan.

Erkak nima uchun istalgan yonilg‘i quyish shoxobchasida sotiladigan antifriz xarid qilmagani yoki radiatorga suv quyishda biror idishdan foydalanmagani noma’lum. U shunchaki radiatorning tiqinini burab olib, sovitish tizimini to‘ldirish uchun avtomobilni daryoga haydagan. Buning oqibatida mashina dvigateli o‘chib qolgan va Suburban cho‘kib ketgan. Politsiya daryodagi Chevrolet’ni chiqarib olish uchun maxsus texnika chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak radiatorga suv quyaman deb yo‘ltanlamasini cho‘ktirib yubordi