Afg‘oniston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar hukumat a’zolari bilan janjallashib qolib Qandahorga jo‘nab ketdi. Bu haqda BBC Pashto sayti o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
«Tolibon»ning ikki guruhi o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida mish-mishlar bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Taxminlarga ko‘ra, prezident saroyida Baradar va migratsiya bo‘yicha vazir Xalil ar-Rahmon Haqqoniy tarafdorlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz bergan.
Kelishmovchilik yangi hukumat tarkibi borasida kelib chiqqan. Barodar barcha etnik vakillar va ayollarni hokimiyatga jalb etishni taklif etgan, lekin Pokiston general Faiziy Hamid shaxsan Kobulga kelib hukumat ishlariga aralashgan. Bu esa Barodarning g‘azabini keltirgan.
Avvalroq internetning afg‘on segmentida Barodarning halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo toliblar bu xabarni inkor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi