09:27 / 21.09.2021
1 686

Turk – arman munosabatlari: «Armaniston ijobiy qadamlar tashlashi kerak...»

Turk – arman munosabatlari: «Armaniston ijobiy qadamlar tashlashi kerak...»
Armaniston, Yerevan va Anqara rasmiylari bilan samarali muloqotlar boshlansa, Turkiya bilan yuqori darajadagi uchrashuvga tayyor. Bu haqda dushanba kuni TASS agentligiga Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Mane Gevorkyan ma’lum qilgan.

"Bosh vazir yaqinda o‘tkazilgan parlament majlisi chog‘ida Turkiya bilan muzokaralarni boshlash haqidagi o‘z qarashlari haqida gapirib, yuqori darajadagi aloqalardan oldin ishchi muhokamalar o‘tkazilishi kerakligini aytdi. Armaniston vazirlar mahkamasi bunga tayyor bo‘lsa-da, ikki davlat o‘rtasida hozircha muloqot bo‘lmagan. Samarali bo‘ladigan holda Armaniston yuqori va oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyor bo‘ladi”, - degan u.

Yakshanba kuni Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an jurnalistlarga Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili Pashinyanning uchrashuv taklifini yetkazganini aytdi va Armaniston buning uchun ijobiy qadamlar tashlashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, Armaniston bosh vaziri uning jamoasi Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirishga, chegaralarni ochishga va aloqa yo‘llarini ochishga tayyor ekanligini bir necha bor bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam mintaqaga tinchlik va barqarorlik olib keladi.

Umumiy chegaralarga qaramay, Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar yo‘q. 2009 yilda Syurixda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokollarni imzolagan, biroq bu hujjatlar tomonlar tomonidan ratifikatsiya qilinmadi. 2018 yil 1 martda Armaniston protokollarni bekor qilganini e’lon qildi. Armaniston rasmiylari Turkiya Ozarbayjonga 2020 yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘ mojarolarida yordam ko‘rsatganini bir necha bor iddao qilgan. Yerevan, shuningdek, Anqara mintaqaga Yaqin Sharqdan jangarilar yuborayotganini da’vo qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk – arman munosabatlari: «Armaniston ijobiy qadamlar tashlashi kerak...»